Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ilm-fan – 2020»: O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot faoliyat samaradorligi oshiriladi
Foto: e-edu.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 22 martdagi «Xalqaro rivojlantirish assotsiatsiyasi ishtirokidagi oliy ta'lim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Niderlandiyaning Elsevier kompaniyasi bilan hamkorlikda «Ilm-fan – 2020» milliy rivojlanish dasturini ishlab chiqdi.
«Ilm-fan – 2020» dasturi O‘zbekistondagi oliy ta'lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish, jahon ta'lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma'lumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga yo‘l ochadi.
Elsevier kompaniyasi fan, ta'lim va tibbiyot sohasida innovatsion yechimlar va mahsulotlarni taklif etuvchi jahondagi eng yirik nashriyotlardan biri hisoblanadi.
Milliy rivojlanish dasturi doirasida yurtimizdagi ilmiy jurnallarni Scopus va ScienceDirect xalqaro ilmiy ma'lumotlar bazasi tizimiga kiritish, yosh olim hamda doktorantlarga maqolalar tayyorlash va ularni nufuzli nashrlarda chop etishida ko‘maklashish ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
08:49 / 11.09.2025
Rossiya sanksiyalar tufayli jahon ilm-fanidan 3 yilga orqada qolmoqda
15:11 / 19.02.2025
Olimlar 2040 yilda Yerning ichki yadrosi harakatdan to‘xtashi haqida ogohlantirdi
16:51 / 21.09.2024
Ilm-fanni moliyalashtirish: taklif qilinayotgan yangi tizim samara beradimi?
17:12 / 20.06.2024