Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tergov departamenti Buxorodagi mudhish YTH bo‘yicha batafsil ma'lumot berdi
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti Buxoroda avtobus va Nexia-2 avtomashinasi ishtirokidagi YTH bo‘yicha batafsil ma'lumot berdi.
2019 yil 29 noyabr kuni taxminan soat 07:00larda 22 yoshli X.S. boshqaruvidagi Nexia-2 rusumli avtomashinasida Buxoro viloyat Jondor tumani hududidan o‘tuvchi Toshkent-Qoraqalpog‘iston A-380 yo‘lining 305-km.da harakatlanib kelayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi oqibatida, ushbu yo‘nalishda kelayotgan Higer rusumli avtobusning old qismi bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.
Oqibatda Nexia-2 avtomashinasining haydovchisi X.S. va yo‘lovchilar - 19 yoshli R.S., 49 yoshli M.M. hodisa joyida vafot etgan. Avtobus haydovchisi va yo‘lovchilari tan jarohati olishmagan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Buxoroda Nexia-2 avtobus bilan to‘qnashgani, 3 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
12:41 / 02.01.2026
Yashnobod tumanida YTH oqibatida Cobalt avtomobili yonib ketdi
14:55 / 01.01.2026
Sirdaryo va Jizzaxda YHX patrul avtomobillari piyodalarni urib yubordi. Bir kishi vafot etdi
12:19 / 30.12.2025
Sirdaryoda mashina kanalga tushib ketishi oqibatida 4 yigit halok bo‘ldi
21:11 / 29.12.2025