Ma’lumotlarga ko‘ra, Cobalt avtomobili yonayotgani haqidagi xabar Toshkent shahar FVBBga soat 01:59 da kelib tushgan. Shunga muvofiq, qutqaruv texnikalari hodisa joyiga soat 02:08 da yetib borgan.

Yong‘in soat 02:14 da o‘chirilgan va tezkor harakatlar orqali yong‘inning kengayib ketishiga yo‘l qo‘yilmagan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘qligi qayd etilgan.