Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangilangan Ravon R4 Rossiyada qachon taqdim etilishi ma'lum
Foto: Kolesa
«To‘rt eshikli» Ravon’ning restayling versiyasi Rossiyada joriy yilda taqdim etiladi.
R4 modeli Rossiya bozorida 2016 yilning kuzida taqdim etilgan bo‘lib, Chevrolet Cobalt’ning yangilanishdan avvalgi versiyasi edi. Ravon brendining Rossiya uchun barcha avtomobillari kabi, uni ham O‘zbekistonda ishlab chiqarishadi. Joriy yilda R4 yangilanishi haqida ma'lumotlar paydo bo‘ldi. «Kolyosa.ru» portali ma'lumotlariga ko‘ra, «to‘rt eshikli»ning restaylingli versiyasi Rossiya premerasi Moskva avtosaloni doirasida bo‘lib o‘tadi. U 2018 yilning avgust oyi oxirlarida ochiladi.
Foto: Kolesa
Foto: Kolesa
Foto: Kolesa
Sedanning yangilangan versiya haqida batafsil ma'lumotlar hozircha yo‘q. Yangilangan model Chevrolet markasi ostida 2015 yilning oxirlarida Braziliyada ilk bor taqdim etilgan. «To‘rt eshikli» boshqa bamperlar, chiroqlar va orqa fonarlar, radiatorning o‘zga panjarasiga ega bo‘ldi.
Foto: Kolesa
Foto: Kolesa
Foto: Kolesa
Ravon sedanining yangilanishdan avvalgi versiyasi Rossiyada 1.5.lik, 106 ot kuchilik quvvatga ega benzinli motor bilan sotiladi. Dvigatel besh pog‘onali «mexanika» yoki olti diapazonli «avtomat» bilan uyg‘unlashadi. Ravon R4’ning standart qurilmalariga quyidagilar kiradi: ABS, haydovchining xavfsizlik yostiqchasi, audiotizim. Top versiya uchun oldingi yo‘lovchi «eyrbeg»ni va konditsioner ko‘zda tutilgan. Bugungi kunda model narxi 499 000 rubldan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yilning oxirlarida Yangilangan Chevrolet Cobalt/Ravon R4 O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi mumkin ekani haqida xabarlar tarqalgandi.
2017 yilning fevral oyida esa Ukrainada yangi Ravon R4 sotuvi boshlangandi.
Mavzuga oid
20:49 / 16.01.2026
Amerika investitsiya fondi Rossiya imperiyasi qarzlari bo‘yicha Rossiyadan 225 milliard dollar talab qildi
15:11 / 16.01.2026
Duma deputati: WhatsApp Rossiyada 2026 yilda to‘liq bloklanishi mumkin
08:24 / 16.01.2026
Zelenskiy: Ukraina tinchlikka to‘siq bo‘lmagan va bo‘lmaydi
22:26 / 15.01.2026