Yaqinda GM Uzbekistan kompaniyasi Ukrainada Ravon brendining modellar qatorini köpaytirgani va R4 modelini seriyali işlab çiqiş yölga qöyganini e'lon qilgan edi. Endi yangi arzon toifadagi sedan Ukrainada ham sotilişi ma'lum böldi. 

Ravon brendining Ukrainadagi rasmiy dileri «Ukr-UzAvto» kompaniyasi Ravon R4 modellarining 2017 yil mart oyidan sotiş boşlanişini e'lon qildi. Hozirda, Ravon brendining rasmiy dilerlarida uşbu avtomobilga buyurtma beriş mumkin. 

Ravon R4 – bu B-High tasnifidagi sedan bölib, raqobatçilari orasida arzonligi va töplamlarining kengligi hamda texnik imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Eslatib ötamiz, Ravon R4 Chevrolet Cobalt negizida işlab çiqilgan bölib, unda ham vaqt sinovidan ötgan General Motors texnologiyalari qöllanilgan.