Jahon | 15:51 / 09.10.2016
6579
2 daqiqa o‘qiladi

Manba: Ted Kruz Trampni qo‘llashni to‘xtatadi

Foto: Reuters

AQSh prezidentligi uchun saylovlarning birinchi bosqichida Respublikachilar partiyasidan nomzod sifatida ishtirok etgan Ted Kruz partiyaning yakuniy bosqichiga o‘tgan nomzodi Donald Trampni qo‘llab-quvvatlashdan voz kechish haqida o‘ylamoqda. Bu haqda Amerikadagi bir qancha manbalarda aytilgan.

ABC News telekanali orqali Kruzning yordamchisi "Senator Trampni qo‘llab-quvvatlash masalasini qayta ko‘rib chiqmoqchi" ekani haqida aytgan.

Shuningdek, CNN telekanalida Kruz "Trampni AQSh prezidentligi poygasida qo‘llashni to‘xtatishi" haqida xabar qilingan.

Kruzning o‘zi Tramp aralashib qolgan mojaroga tvitteri orqali munosabat bildirib, milliarderning so‘zlariga "toqat qilib bo‘lmasligi" haqida yozgan.

Bundan oldinroq, Ted Kruz "uzoq vaqt davomida o‘ylab ko‘rib, saylovda Trampni qo‘llab-quvvatlamoqchi ekani" haqida ma'lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Washington Post nashri 7 oktabrda Trampning ishtirokidagi 2005 yildagi videoni chop etdi. Tramp unda ayollarga tegajoqlik qilishi bilan maqtangan.

Bu voqealardan keyin Trampning nufuzi amerikaliklar orasida keskin tushib bormoqda.

Mavzuga oid