Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FT: Tramp Xitoy tinchlikparvar kuchlarini Ukrainaga yuborishni taklif qildi
Urushdan keyin Ukrainadagi front chizig‘i bo‘ylab neytral hududni nazorat qilish uchun Xitoy qo‘shinlaridan foydalanish g‘oyasi AQSh prezidenti tomonidan Oq uyda Yevropa yetakchilari bilan uchrashuvda ilgari surilgan, deb xabar beradi FT manbalari.
29 avgust, juma kuni Financial Times gazetasining muhokamalar bo‘yicha ma’lumot bergan to‘rt kishiga tayanib yozishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy qo‘shinlarini Ukrainaga tinchlikparvarlar sifatida kiritish zarur deb hisoblaydi. Aytilishicha, Tramp shu tariqa Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifini qo‘llab-quvvatlagan.
Gazetaning manbalariga ko‘ra, 18 avgust kuni Oq uyda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Yevropa yetakchilari bilan uchrashuvda Tramp Xitoydan Rossiya bilan tinchlik kelishuvi doirasida 1300 kilometrlik front chizig‘i bo‘ylab neytral hududni nazorat qilish uchun tinchlikparvar kuchlarni taqdim etishni so‘rashni taklif qilgan.
Oq uy bunday fikr muhokama qilinganini rad etdi. «Bu yolg‘on», dedi Tramp ma’muriyatining yuqori martabali amaldori FT'ga.
Gazetaning qayd etishicha, Rossiya tomoni birinchi marta 2022 yil bahorida Istanbulda Rossiya va Ukraina o‘rtasida bo‘lib o‘tgan birinchi muzokaralar chog‘ida xavfsizlik kafolati doirasida Xitoy tinchlikparvar kuchlari masalasini ko‘targan. Axios nashriga ko‘ra, Putin 15 avgust kuni Alyaskada Tramp bilan uchrashuvda Ukraina xavfsizligining ehtimoliy kafolatchilaridan biri sifatida Xitoyni tilga olgan.
Mavzuga oid
21:07 / 02.06.2026
AQSh Eron bilan muzokara o‘tkazishning asosiy sharti sifatida Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochishni talab qilmoqda
20:29 / 02.06.2026
AQSh so‘nggi yillarda birinchi marta Rossiyadagi Xalqaro iqtisodiy forumda ishtirok etadi
18:05 / 02.06.2026
Linkolndan Trampgacha: suiqasdga uchragan AQSh prezidentlari
08:16 / 02.06.2026