AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça sobiq maslahatçisi Jon Bolton 17 oktyabr, juma kuni bölib ötgan birinçi sud majlisida maxfiy ma’lumotlarni notöğri işlatiş böyiça barça 18 ta ayblov böyiça aybini tan olmadi. Sud majlisi Merilend ştatining Grinbelt şahridagi sud binosida bölib ötdi, deb xabar bermoqda CNN.
Sudga kelgaç, Bolton jurnalistlar bilan gaplaşişdan boş tortdi va sud majlisida aybini tan olmadi. Keyinçalik u şaharni tark etmaslik şarti bilan ozod qilindi. Iş böyiça navbatdagi sud majlisi 21 noyabrga belgilangan.
2021 yil iyul oyida Boltonning vakili FTBga uning elektron poçtasi Eron hukumati bilan aloqador bölgan odamlar tomonidan buzib kirilgani haqida ma’lum qildi. Biroq, u iş materiallariga köra, siyosatçi uşbu poçtadan maxfiy ma’lumotlarni yuboriş uçun foydalanganini xabar bermadi.
Tergovçilar Bolton maxfiy ma’lumotlarni şaxsiy elektron poçta va xabar almaşiş messenjerlari orqali uzatganini aniqladi. Xabar qilinişiça, bu Amerika rasmiylari va xorijiy davlatlar rahbarlari bilan uçraşuvlardagi eslatmalar bölgan. Bunga AQŞning bölajak harbiy amaliyotlari haqidagi maxfiy ma’lumotlar, şuningdek, mamlakatning duşmanlari, xorijiy yetakçilar va AQŞ ma’muriyatining taşqi siyosati haqidagi ma’lumotlar kiradi. Boltonning maktublari uning rafiqasi va qiziga yuborilgan bölgan.
2025 yil 22 avgustda FTB Boltonning ofisini va uyini tintuv qildi. Sentyabr oyida Politico sud hujjatlariga tayanib, undan maxfiy hujjatlar, jumladan, ommaviy qirğin qurollari, AQŞning BMTdagi missiyasi va «AQŞ hukumatining strategik aloqalari» bilan boğliq hujjatlar topilgani haqida xabar bergan edi.
16 oktyabr kuni Merilend ştatidagi katta hakamlar hay’ati Boltonni maxfiy ma’lumotlarni notöğri işlatişda aybladi. Jon Bolton maxfiy ma’lumotlarni uçinçi şaxslarga uzatiş böyiça sakkizta epizodda va bunday hujjatlarni noqonuniy saqlaş yuzasidan 10 ta epizodda ayblanmoqda. Har bir ayblov uçun maksimal 10 yil qamoq jazosi nazarda tutilgan.

















