AQŞ prezidenti Donald Tramp yaqin orada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot qilişni rejalaştirmoqda. 5 sentabr, juma kuni Oq uyda bölib ötgan brifingda Tramp: "Ha, şunday qilaman. Biz juda yaxşi muloqot qildik", dedi.
Ayni paytda, Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning sözlariga köra, Kremlda Rossiya Federatsiyasi va AQŞ prezidentlari örtasida «telefon suhbatini taşkil qiliş» uçun hozirça işlanmalar yöq, biroq uni «tezkor taşkil etiş» mumkin, deb xabar beradi «Interfaks».
Avvalroq Donald Tramp Ukraina rahbarining Parijga taşrifi çoğida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va «köngillilar koalitsiyasi» vakillari bilan telefon orqali muloqot qilib, Kiyev uçun xavfsizlik kafolatlarini muhokama qilgan edi. Reuters xabariga köra, bir soat davom etgan telefon suhbati çoğida AQŞ prezidenti Yevropa yetakçilarini Rossiya neftini xarid qilişni töxtatişga va Xitoy Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlariga moliyaviy yordam körsatayotgani uçun unga iqtisodiy bosim ötkazişga çaqirgan.








