Jahon | 23:41 / 05.11.2018
4448
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada yoshlar siyosatiga mas'ul boshliq o‘smirlarni koyib bergani uchun uzr so‘radi

Sverdlovsk viloyati hududiy yoshlar siyosati boshqarmasi direktori Olga Glatskix davlat "yoshlar oldida qarzdor emas" degan bayonoti uchun uzr so‘radi va uning so‘zlar mazmundan yulib, targ‘ib etilganini iddao qildi.

Avvalroq, Kirovograd yoshlari bilan uchrashgan Glatskix davlat "yoshlar uchun hech narsa qilmasligi kerak, ota-onalar esa bunga mas'ul, chunki davlat ota-onadan bolalarning tug‘ilishini so‘ramagan"ini bildirib, keskin fikrlar bildirgandi. Yoshlar siyosati bo‘yicha ishlaydigan amaldorning so‘zlari ijtimoiy tarmoqlarga tarqab ketgach, u vaziyatni yumshatishga o‘tdi.

"Men, buni e'tirof etish kerakki, g‘oyani juda sodda tarzda ifoda etgan bo‘lardim va shunga o‘xshash qattiq bayonot uchun uzr so‘rayman", deydi u.

Uning ta'kidlashicha, "mazmundan yulib olingan so‘zlardan ham anglash mumkinki, bu gaplar yoshlarni faqat rag‘batlantirish uchun aytilgan".

Ma'lum qilinishicha, yoshlar Glatskix xonimdan ularning loyihalarini moliyalashtirilishi haqida iltimosnomani bildirgan. U esa "barcha o‘z huquqini biladi, ammo majburiyatini unutib qo‘yayotgani haqida" gapirib, jamiyatda davlatning "rol"ini tushuntirishga kirishib ketgan.

Glatskix 2004 yilda badiiy gimnastika bo‘yicha olimpiya chempioni bo‘lgan. 2016 yildan buyon Sverdlovsk viloyati ma'muriyatida hozirgi lavozimni egallab, ishlab kelmoqda.

Mavzuga oid