Ta’kidlanişiça, bugungi kunda tumanlarda “Barkamol avlod” maktablari, 14 ta hududda “Yoşlik” sport jamiyati va Respublika öquvçi yoşlar markazi bor. Lekin 219 ta “Barkamol avlod” maktabi 350 ming bolani qamrab olgan. Endi “Barkamol avlod” maktablari, “Yoşlik” sport jamiyati va Öquvçi yoşlar markazi yagona tizimga birlaşişi belgilandi.

Bu markazlar töliq ta’mirdan çiqarilib, zamonaviy, kreativ yönalişlar asosida jihozlanadi. Ularda xorijiy tillarni öqitiş, sun’iy intellekt, dasturlaş va animatsiya kabi yangi tögaraklar oçiladi.

Qoraqalpoğiston, Xorazm, Samarqand, Buxoro va poytaxtdagi “Barkamol avlod” markazlarida kamida 100 örinli “Bolalar sayyohlik bazasi” taşkil qilinadi.

Mutasaddilarga qiziqarli turizm töplamlarini qilib, har yili 1 million öquvçini Özbekiston böylab sayohatga jalb qiliş topşirildi.

Sanoqli kunlardan keyin 6 milliondan ziyod öquvçi va 1 milliondan ortiq talaba ta’tilga çiqişi aytildi. Yoz oylarida yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil qiliş muhim ahamiyatga ega ekani körsatib ötildi.

Barça hokimlar va ta’lim sohasi rahbarlariga yozgi ta’til vaqtida barça ta’lim muassasalarining sport maydonçasi va öquv xonalarida yoşlar uçun sport, fan va kasb tögaraklarini oçiş topşirildi.

Masalan, özlaştiriş darajasi past maktablarga oqsayotgan fanlar böyiça eng yaxşi mutaxassislar jalb qilinib, öquvçilar uçun haftasiga olti soatlik öquv kurslari taşkil qilinadi.

Yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil qiliş uçun 900 ga yaqin teatr, madaniyat markazlari va konsert zallari, hududlarda 1,5 mingga yaqin sport maydonçalari, 200 ta oromgoh, 2 mingdan ortiq turizm obektlari imkoniyatlaridan töliq foydalaniş zarurligi ta’kidlandi.

Mutasaddilarga joylardagi amfiteatr va sayilgohlarda har kuni konsert va musiqa keçalari ötkaziş, madaniyat va istirohat boğlarida san’at körgazmalari, şe’riyat keçalari va intellektual öyinlar taşkil etiş topşirildi.

Poytaxtdagi Yangi Özbekiston boği va parklarda har kuni oçiq osmon ostida konsertlar uyuştiriladi. Bu işlarni sport sohasida ham taşkil qilib, 6 million yoşlarni qamrab olişga körsatma berildi.

Yozgi oromgohlarda yoşlar “Ibrat farzandlari”, “Qizlar akademiyasi”, “Mutolaa” loyihalari bilan qamrab olinadi. 100 ming öquvçi uçun maktablarda “kunduzgi oromgoh” faoliyati yölga qöyiladi.