O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
13209
2 daqiqa o‘qiladi

Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi

O‘tgan oy respublikaning ko‘plab meteorologik kuzatuv punktlarida kuzatuvlar davridagi eng issiq iyul qayd etildi. Iyul oxiri va avgust boshidagi salqin kunlar biroz yengillik keltirgan bo‘lsa-da, yangi haftaning o‘rtalaridan boshlab yana qaynoq havo to‘lqinlari mamlakatimizga kirib kelishi kutilmoqda. Kun.uz'da ob-havo prognozi bilan – iqlimshunos Erkin Abdulahatov.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Haftaning o‘rtasidan avvaliga shimoliy hududlarga, juma kunidan esa respublikaning katta qismiga jazirama issiq to‘lqinlari kirib keladi.

Avval xabar qilinganidek, iyul oyining so‘nggi kunlari va avgustning boshlarida harorat kunduz kunlari 40 darajadan ancha past bo‘lgan. Tungi harorat tog‘larda +11 darajaga, juda baland tog‘ hududlarida esa +5 darajagacha pasaydi.

Joriy haftaning boshi ham nisbatan salqin havo bilan boshlanadi — bu holat odatdagi avgust boshiga mos keladi. Ammo payshanba kunidan boshlab shimolda harorat +40 daraja va undan yuqori ko‘tarilishi kutilmoqda. Janubiy viloyatlarda esa harorat maksimumlari +42 darajaga yetishi mumkin.

Avgust oyi harorati respublikaning ko‘p qismlarida ko‘p yillik iqlimiy me’yorlarga yaqin bo‘lishi kutilmoqda. Tog‘lar, Toshkent va Xorazm viloyati hududlarida harorat biroz yuqori bo‘lishi mumkin.

Kuz fasli uchun tuzilgan dastlabki ob-havo prognozlariga ko‘ra, sentabr va oktyabr oylari odatdagiday, hatto biroz issiq bo‘lishi kutilmoqda. Noyabr oyi esa me’yordagiday, balki biroz sovuqroq kelishi taxmin qilinmoqda.

Mavzuga oid