Dekabrning 5-sanalaridan so‘ng mintaqaga kirib kelgan bir nechta nam havo oqimlari hududlarga yaxshigina yog‘ingarchiliklarni keltirdi. Hatto Toshkent viloyati tog‘larida so‘nggi 10 kunlikda 150-170 millimetrgacha yog‘ingarchilik qayd etildi.

18-19 dekabr kunlari Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyati hudud aholisi yerga o‘rnashuvchi qor yog‘ishi hodisalariga guvoh bo‘lishi mumkin. Quyida 19 dekabr kuni soat 05:00da hududlarda kuzatilisha mumkin bo‘lgan qor qalinligi prognozi taqdim etiladi.

Dekabrning so‘nggi haftasi – Yangi yil arafasida sovuq va quruq ob-havo kuzatilishi prognoz qilinmoqda.