Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarga oid petitsiya paydo bo‘ldi
Foto: Hi-News
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarning davlat saytlaridan mustaqil foydalanishiga imkoniyat yaratish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.
Qayd etilishicha, My2.gov.uz, soliq.uz va boshqa davlat saytlarida ko‘rish bo‘yicha birinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar CAPTCHA (kompyuter va odamni ajratuvchi dasturga kirituvchi ma'lumot)ni birovning yordamida kiritishiga to‘g‘ri kelmoqda.
Ko‘rish bo‘yicha birinchi guruh nogironi kompyuterlardan gapiruvchi dasturlar orqali faqat klaviatura orqali foydalanadi. CAPTCHAga esa klaviatura orqali borish mumkin emas, deyiladi murojaatda.
“Shuning uchun mazkur tizimlarda qo‘shimcha ravishda ovozli CAPTCHA yoki sms tasdiqlash orqali foydalanish imkoniyati yaratilishi kerak. Shunda ko‘zi ojiz fuqaro ovozli dastur orqali CAPTCHAni eshitadi va o‘zi mustaqil kiritadi. SMS orqali esa telefondagi ovozli dastur yordamida smsni eshitib, mustaqil ravishda kodni kiritadi. Ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar asosan eshitish orqali kompyuterdan foydalanishini hisobga olsak, bu imkoniyat davlat saytlaridan mustaqil ravishda foydalanish uchun yordam beradi”, - deb yozadi petitsiya muallifi.
Mavzuga oid
16:04 / 01.12.2025
Iste’molchi murojaatlari uchun yangi onlayn platforma ishga tushirildi
08:32 / 02.08.2025
Bojxona sohasida tadbirkorlar murojaatini sudgacha ko‘rib chiqish tartibi joriy etildi
14:48 / 10.07.2025
O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar umumiy aholining 2,7 foizini tashkil etyapti
13:17 / 01.07.2025