01:26 / 27.04.2018
50114

Shoir Muhammad Yusufning e'lon qilinmagan suratlari

Har yili bahorning avj pallasi, qizg‘aldoqlar qirga alvon sepini yoygan payt - 26 aprel kuni o‘zbekning erka shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kunni keng nishonlaymiz.

Sana oldidan O‘zbekistonning barcha hududlarida xalq shoiriga bag‘ishlangan adabiy tadbirlar, nazm va navo kechalari bo‘lib o‘tadi.

Shoirning qizi Madinabonu o‘z arxividan hali ommaga taqdim etilmagan fotosuratlarni bizga ilindi.

“Yillar o‘tgan sayin ulg‘ayyapman chog‘i, dadamning she'rlarini har safar takror o‘qiganimda yangi-yangi ma'no uqayotganim rost. Men bu jarayonni – anglash deya atagan bo‘lardim. O‘qiyveraman va: “ Mana bu she'rida dadam mana bu gapni aytmoqchi bo‘lgan ekan-da?..” deya o‘zim uchun yangilikni kashf etaman. O‘zi suygan xalqning ko‘z oldiga padarimning siymosi yana bir kelsin, deb yiqqan suratlarimni sizlar bilan baham ko‘rdim.

Balki, bu suratlarni kimdir oldin ham ko‘rgandir. Lekin, keng jamoatchilik emas. Arxivim yil sayin dadam hayotligida birga suratga tushgan insonlardan olingan esdaliklar bilan boyib bormoqda”,-deydi Madina.

E'tiboringizga mazkur suratlarni havola etamiz.

Elmurod Ermatov, jurnalist

Mavzuga oid
Top