Panjara ortiga tuşib qolib, xayollarida keçganlarini tuşiriş uçun bir parça qoğoz ilinjida bölgan sirli adibning maş’um qismati. Kun.uz şoir Muhammad Yusufning şu haqdagi nomsiz qisqa hikoyasini sahnalaştirdi.

…Uning uçun qamoqxonada eng tansiq narsa qoğoz edi. U hamma joydan faqat qoğoz qidirardi. Bir daqiqa sayrga olib çiqişsa, devorlar tagida sarğayib, ğijim bölib yotgan bir parça qoğoz topib olib, boşi osmonda, yana zax xonaga qaytardi. Tergov paytida ham ilinji şu. Ovqat payti ham.

Ana şunday ming maşaqqatlar bilan yiqqan qoğozlari bir kuni qölyozmaga aylandi. Endi uni nima qilib bölsa ham taşqariga, odamlarga yetkaziş zarur edi. Lekin qanday qilib?

U turma boşliğiga murojaat qildi. Meni qabul qilişingizni sörayman, deb qayta-qayta sörayverdi. Nihoyat boşliq zerikdi. Qahraton qiş kunlarining birida boşliq issiq peçka oldida, oyoqlarini çaliştirib ötirib, uning arzini tingladi.

— Sizdan ötinib sörayman. Şu qölyozmani odamlar öqisin. Mayli, keyinroq, oqlanib ketsam yoki…

— Bu yoqqa ber, – dedi boşliq örnidan turmay.

Soddadil adib, unga qölyozmani uzatdi. Boşliq qölyozmani oldi-yu gurillab yonib turgan peçkaning içiga otdi…

U yana öşa zax va qoronği xonada öziga keldi. “Bu ablahning oldiga meni kim boşlab bordi? Oyoqlarimmi? Men ularni hoziroq kesib taşlayman. Nahot şunça xörliklarni körib ham közim oçilmadi! Nahot, bu boşda zarra aql bölmasa! Nahotki, u meni jalloddan yordam sörab borişga undadi! Hozir… Hozir!…”

U dast örnidan turib, yugurib borib, zarb bilan boşini devorga urdi. Urdi va yana uraverdi. Joni çiqib ketgunça uraverdi...

Kim edi bu adib? Qodiriymi?.. Çölponmi? Yoki Usmon Nosirmi?!

Qisqagina umr körib, uzoq yaşab kelayotgan zotlarga qarang…

***

Ular ötib ketdi.

Aniqroq aytganda öldirildilar.

Öttizga ham kirmay, qirqqa ham tölmay,

Nomlari qolmadi, nişonlari ham...