Özbekiston xalq şoiri Muhammad Yusufning “Tanlangan asarlar”i Turkiyada naşr etildi. Bu haqda Turkiyadan Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi örinbosari, şoir Nodir Jonuzoq Kun.uz’ga xabar berdi.
“Xalqaro Turkiy Madaniyat Taşkiloti (TURKSOY) va Özbekiston davlat san’at va madaniyat instituti jamoasi tomonidan turk tiliga ögirilgan mazkur kitob taqdimoti şu yilning 5 aprel kuni Anqara şahrida tantanali ravişda ötkazildi.

TURKSOY boş qarorgohida bölib ötgan taqdimot marosimida hamyurtlarimiz – Özbekistonning Turkiyadagi Favqulodda va muxtor elçisi Alişer A’zamxöjayev, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi vakillari, şoirning oila a’zolari va kitob tarjimasida qatnaşgan ijodkorlar jamoasi iştirok etdi.
Anjumanda TURKSOY xalqaro taşkiloti boş kotibi örinbosari Bilol Çaqiji sözga çiqdi, milliy adabiyotimizni keng tarğib qilib kelayotgan turkiyalik mutaxassislar Rejai Qiziltunç, Veli Savaş Yyelok, Yilmaz Özqaya, Emine Bakar, Hamza Özturkçi kabi fidoyi olim va tarjimonlar özbek adabiyoti, xususan, Muhammad Yusuf asarlarining turkiy dunyodagi yuksak örni haqida fikrlarini bildirdi.

Tadbirda Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bağişlangan hujjatli film va qöşiqlar yangradi. Turli qardoş xalqlar vakillari iştirokida ötgan taqdimot marosimi çinakam adabiyot va döstlik bayramiga aylanib ketdi.

Özbekistonlik ijodkor va olimlar TURKSOY xalqaro taşkilotiga 2008 yildan to şu kunlarga qadar rahbarlik qilgan, köplab xalqaro loyihalar, jumladan, uşbu taqdimot marosimining muvaffaqiyatli taşkil etilişiga katta hissa qöşgan Dusen Kaseinov qabulida bölib, özbek ijodkorlari nomidan samimiy minnatdorlik bildirdilar”, – deyiladi xabarda.

Ma’lumot uçun, Xalqaro Turkiy Madaniyat Taşkiloti – turkiy davlatlardan taşkil topgan xalqaro madaniyat taşkiloti hisoblanadi. Taşkilotning asosiy maqsadi bu turkiy davlatlar va xalqlar orasidagi döstlik va hamkorlikni kuçaytirişdir. Bu hamkorlik iqtisodiy, madaniy va boşqa sohalarni öz içiga oladi. Taşkilot boş binosi Turkiya poytaxti Anqarada joylaşgan. Hozirgi vaqtda, taşkilot boş direktori qirğizistonlik Sulton Rayev hisoblanadi. Taşkilot 3 ta rasmiy tiliga ega, bular turk, rus va ingliz tillaridir.

















