Andijon şahridagi Muhammad Yusuf nomi bilan ataluvçi ixtisoslaştirilgan ijod maktabida şoir tavalludining 67 yilligiga bağişlangan tadbir bölib ötdi.

Tadbirda viloyat hokimi Şuhrat Abdurahmonov, Özbekiston yozuvçilar uyuşmasi Andijon viloyati bölimi raisi, şoira Xurşidabonu Qöçqorova, şoirning rafiqasi Nazira As-Salom, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, «Saodat» jurnali boş muharriri Munavvara Usmonova va boşqalar Muhammad Yusufning hayoti va ijodi haqida söz yuritdi.


Adabiy keça davomida turli kasb egalari iştirokida şoir ijodiga oid çellenj ötkazildi. U yozgan şe'rlar öqib eşittirildi.
Şuningdek, Marhamat tumanining Qovunçi qişloğida şoir tuğilib ösgan xonadonda şoir xotirasiga bağişlab qöy söyib, ehson qilindi. Muhammad Yusuf ta'lim olgan maktabda ilmiy-konferensiya taşkil etildi.

Şoirning «»Uy muzeyi»ni ziyorat qiliş uçun viloyatning barça tumanlaridan, qöşni viloyatlardan ham muxlislar taşrif buyurmoqda.

Bugun oqşom Andijon şahridagi şoir nomi bilan ataluvçi xiyobonda Muhammad Yusuf şe'rlariga aytilgan qöşiqlardan iborat konsert dasturi namoyiş etilişi közda tutilgan.




















