1 yanvardan yer qa'ri uchastkasidan foydalanish huquqini savdoga chiqarishning maxsus tartibi o‘rnatiladi
Prezident “Geologiya-qidiruv ishlarini yanada rag‘batlantirish va yer qa'ridan foydalanuvchilarga soliq solish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Foto: kun.uz
2022 yil 1 yanvardan boshlab muhim tijorat salohiyatiga ega bo‘lgan uglevodorodlar, qimmatbaho, rangli, nodir va radioaktiv metallar va boshqa turdagi rudali foydali qazilmalar obektlari bo‘yicha geologik o‘rganish yoki avval o‘rganilgan yer qa'ri uchastkasida qazish ishlari uchun yer qa'ri uchastkasidan foydalanish huquqini tanlov savdolariga chiqarishning maxsus tartibi o‘rnatiladi. Bunda:
- sotuv summasi yer qa'ridan foydalanish huquqi uchun bonus summasi sifatida qaraladi va tanlov savdolari tashkilotchilarining xarajatlarini chegirgan holda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga o‘tkaziladi;
- tanlov savdolari tashkilotchisi yoki tanlov savdolari ishtirokchilari qonunchilikda belgilangan tartibda foydali qazilmalarni qazib olishda (ajratib olishda) ayrim soliq turlari bo‘yicha soliq stavkalarini oshirilgan miqdorda taklif qilish huquqiga ega.
Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2022 yil 1 yanvardan boshlab foydali qazilmalarni qazib olish huquqi uchun undiriladigan tijoratbop topilma bonusini hamda foydali qazilmalarni aniqlash va razvedka qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun undiriladigan imzoli bonusni bekor qilish haqidagi taklifiga rozilik berildi.
2022 yil 1 yanvardan boshlab:
a) geologiya-qidiruv va (yoki) izlanish ishlari o‘tkazish uchun ajratilgan yer uchastkalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i solish obekti hisoblanmaydi;
b) ajratilgan maydon va foydali qazilma turlaridan kelib chiqib, qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan miqdorda hisoblab chiqiladigan, geologik o‘rganishlar uchun yer qa'ridan foydalanganlik uchun har yillik litsenziya to‘lovi joriy qilinadi;
v) geologik o‘rganishlar uchun yer qa'ridan foydalanganlik uchun har yillik litsenziya to‘lovi quyidagilarga yo‘naltiriladi: 70 foizi – O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga; 15 foizi – viloyat mahalliy budjetiga; 15 foizi – tuman (shahar) mahalliy budjetiga.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Polsha Germaniya bilan chegarada chegara nazoratini joriy qildi
Jahon | 15:10
-
Rossiya Markaziy Osiyo energetika tizimlarining parallel ishiga qo‘shilish niyatida
Jahon | 15:04
-
Burchmullada yirik shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi
O‘zbekiston | 15:01
-
Tojikiston «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li loyihasiga qo‘shilmoqchi
Iqtisodiyot | 14:57
Mavzuga oid

11:00 / 01.07.2025
Pensiya miqdorini oldindan aniqlash xizmati joriy etiladi

10:10 / 21.05.2025
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi amalga oshiriladi

14:06 / 03.05.2025
Jahon savdo tashkilotiga a’zolik yanada jadallashtiriladi

11:35 / 01.04.2025