Polşa 7 iyul, duşanba kuni Germaniya bilan çegarada statsionar çegara nazoratini joriy qildi. Tasodifiy tekşiruvlar 52 nazorat-ötkaziş punktida yarim tunda boşlandi va kamida 5 avgustga qadar davom etadi. Xuddi şunday çoralar Litva bilan çegarada ham köriladi.
Çegarani kesib ötayotganlarning pasporti va şaxsni tasdiqlovçi hujjatlari tekşiriladi. Polşa çegaraçilari avtobuslar, mikroavtobuslar va yölovçilar soni köp bölgan yengil avtomobillarga, oynalari qoraytirilgan avtomobillarga alohida e’tibor qaratadi. Polşa boş vaziri Donald Tuskning aytişiça, bu çora-tadbirlar noqonuniy muhojirlarning «nazoratsiz oqimini çeklaşga» yordam berişga qaratilgan.
Tusk Varşava Berlinning harakatlariga javoban bunday qarorga kelganini bir neça bor ta’kidlab kelgan. May oyi boşida yangi federal içki işlar vaziri Aleksandr Dobrindt çegara nazoratini kuçaytiriş va Polşa çegarasida boşpana sörovçilar arizasini rad etişni buyurdi. Undan avvalgi vazir Nensi Fezer 2023 yil oktyabr oyida Polşa bilan çegarada statsionar nazoratni joriy qilgan edi.
Germaniya biznesi uyuşmalari Polşa çegaralarini nazorat qilişning yangi çoralaridan xavotir bildirdi. Germaniya Savdo-sanoat palatasi (DIHK) boş direktori Helena Melnikov Handelsblatt'ga bu Germaniyada işlayotgan polşalik fuqarolarning iş joyiga borişi va qaytişini qiyinlaştirişi, çegara hududlaridagi turli kompaniyalardan, fabrikalardan supermarketlarga va umumiy ovqatlaniş korxonalariga xodimlarning işdan ketişiga olib kelişini aytdi. Melnikov bu muammoni hal qiliş uçun «qöşni davlatlar örtasidagi pragmatik kelişuvlar»ga çaqirdi.












