Tojikiston transport vaziri Azim Ibrohim Xitoy transport vaziri Lyu Vey bilan respublikaning «Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston» temir yöli qurilişi loyihasiga qöşiliş imkoniyatlarini muhokama qildi. Uçraşuv 2 iyul kuni Xitoyning Tyanszin şahrida ŞHT a’zo davlatlari transport vazirlarining yiğilişi doirasida bölib ötdi.

«Uçraşuvda «Xitoy-Tojikiston-Özbekiston-Turkmaniston-Eron-Turkiya-Yevropa» multimodal yölagini yanada rivojlantiriş va Tojikistonning «Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston» temir yöli qurilişi loyihasiga qöşilişi masalasi muhokama qilindi», deyiladi xabarda.

«Xitoy–Qirğiziston–Özbekiston» temir yöli loyihasi «Yangi Ipak yöli» transport tizimi doirasida mazkur davlatlarning temir yöllarini Turkmaniston, Eron va Turkiya orqali Yevropa temir yöl tarmoği bilan boğlaşga qaratilgan.

Qayd qilinişiça, Qirğiziston orqali ötadigan yönalişni muhokama qiliş çoğida uzoq davom etgan bahs-munozaralardan söng «şimoliy» yönaliş tanlandi: Xitoyning Qaşğar şahridan (Xitoy temir yölining janubiy Şinjondagi sönggi nuqtasi), Torugart nazorat-ötkaziş punkti, Arpa vodiysi (Farğona tizmasi), söngra Qöştepa, Makmal, Jalolobod şahri orqali Özbekistonga.

Dastlab, Qirğiziston uçastkasining rejalaştirilgan uzunligi 268,4 kilometr, Xitoy qismining 165 kilometrini taşkil etişi ma’lum qilingan edi. Yölning umumiy uzunligi 454 kilometr qilib belgilandi. Sönggi ma’lumotlarga köra, temir yöl uzunligi 532,53 km bölib, şundan 158,04 km Xitoy (Qaşğar — Torugart) va 304,94 km Qirğiziston hududiga töğri keladi.

Eslatib ötamiz, 2014 yil dekabr oyida Duşanbeda «Xitoy-Qirğiziston-Tojikiston-Afğoniston-Eron» temir yöli loyihasini rivojlantiriş böyiça dastlabki kelişuv imzolangan edi.

Bu temir yöl Xitoy Qaşğaridan Qirğiziston va Tojikiston hududlari orqali Afğoniston Hirotigaça yotqizilişi kutilgan edi. Keyinçalik uni Eron temir yöli bilan boğlaş rejalaştirilmoqda.