Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikki diplom va xalqaro tajriba: Ma’mun universitetida yangi o‘quv yiliga qabul ochiladi
Ta’lim shunchaki diplom emas, bu - tanlov: qayerda o‘qishingiz, kimlar bilan raqobat qilishingiz va qaysi imkoniyatlarga ega bo‘lishingizni belgilab beradigan muhim bosqich.
Ma’mun universiteti mazkur jarayonni mahalliy doiradan global maydonga olib chiqishni maqsad qilgan.
Oliygoh Avstraliya, Chexiya, Polsha, Indoneziya, Yaponiya, Koreya, Malayziya kabi davlatlardagi TOP-1000 talikka kiruvchi talim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatgan. Uning doirasida almashinuv dasturlari yo‘lga qo‘yilgan.

Ma’lum qilinishicha, dasturlarda talabalar uchun 200 ta grant ajratilgan. Bu esa bir semestr davomida xorijda o‘qish, yangi madaniyatni o‘rganish yoki ikki diplomli ta’lim (dual degree) loyihasi orqali ikki diplomga ega bo‘lishga sharoit hozirlaydi.

Shuningdek, talabalar yozgi ta’tilni ham ta’lim bilan uyg‘unlashtirishi mumkin. Yaponiya, Koreya, Indoneziya va Malayziyada tashkil etiladigan yozgi maktab (summer school) dasturlarida bilim olish bilan birga sayohat ham qilsa bo‘ladi.

Universitet mamuriyati ta’kidlashicha, ta’lim sifati xalqaro darajada e’tirof etilgan. Xususan, Germaniyadagi ACQUIN tashkiloti tomonidan berilgan 6 yillik xalqaro akkreditatsiya diplomlarning qator davlatlarda tan olinishini anglatadi.

Ma’mun universitetida talabalar uchun zamonaviy infratuzilma yaratilgan. Kampuslar, simulyatsion laboratoriyalar, vivariumlar, startap markazlar va biznes hablar ta’limni nazariya bilan cheklab qolmasdan, amaliy ko‘nikmalar bilan boyitishga xizmat qiladi.

2026–2027 o‘quv yili uchun universitet mahalliy abituriyentlarga 1000 ta, xorijiy talabalarga esa 100 ta grant ajratishini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, oliygoh o‘zini faqat ta’lim muassasasi emas, imkoniyatlar platformasi sifatida taqdim etmoqda.
Batafsil ma’lumotni universitetning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlari orqali olish mumkin.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
11:00 / 30.04.2026
Ma’mun universitetida zamonaviy ilm-fan va tarix uyg‘unligi: innovatsiyadan merosgacha yagona makon
15:00 / 16.04.2026
Ma’mun universitetida xalqaro konferensiya va zamonaviy vivariy laboratoriyasi ochildi
11:00 / 02.04.2026