Urganç şahrida joylaşgan Ma’mun universitetida “Zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolari: nazariya va amaliyot” mavzusida I xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi.
Mazkur nufuzli anjuman Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi hamda Ma’mun universiteti hamkorligida taşkil etildi. Unda mamlakatimiz va xorijiy davlatlardan yetakçi olimlar, professor-öqituvçilar, amaliyotçi şifokorlar hamda yoş tadqiqotçilar iştirok etdi.

Konferensiya doirasida Rossiya, Turkiya, Gruziya va boşqa davlatlardan yetakçi mutaxassislar ma’ruzalar bilan qatnaşdi. Yalpi majlisda zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolari, jumladan, infeksion kasalliklar, jarrohlik, onkologiya, pediatriya va raqamli tibbiyot yönalişlari böyiça ilmiy işlanmalar taqdim etildi.

Şuningdek, anjuman davomida bir neçta şu’balar faoliyat yuritib, klinik tibbiyot, jamoat salomatligi, biotexnologiya va innovatsion pedagogika kabi yönalişlarda muhokamalar olib borildi. Bu esa ilm-fan va amaliyot integratsiyasini mustahkamlaşga xizmat qildi.
Mazkur xalqaro konferensiya bilan uyğun holda universitetda zamonaviy vivariy laboratoriyasi rasman işga tuşirildi.
Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, uşbu laboratoriya:
tibbiyot yönalişidagi talabalar uçun amaliy maşğulotlarni kuçaytiradi
ilmiy-tadqiqot işlarini olib boriş imkoniyatini kengaytiradi
eksperimental tibbiyot sohasida zamonaviy infratuzilma yaratadi
Laboratoriyada quyonlar, kalamuşlar, baqalar kabi tajriba hayvonlari mavjud bölib, ular orqali fiziologik va patologik jarayonlarni örganiş imkoniyati yaratilgan.

Bundan taşqari, bu yer gistologik, PCR, gematologik, biokimyoviy tadqiqotlar ötkaziş uçun zamonaviy uskunalar bilan ta’minlangan.
















