Amazonkada qurg‘oqchilik: qamalda qolgan kemalar va o‘layotgan baliqlar – foto
Braziliya Amazonkasida kuchli qurg‘oqchilik kuzatilyapti. 20 ta shaharda favqulodda holat e’lon qilingan. Ko‘plab daryolar qurib, o‘n minglab odamlar olis o‘rmon qishloqlarida oziq-ovqat va dori-darmonsiz qolib ketishgan.
Braziliya hukumati qurg‘oqchilik iqlim o‘zgarishi va El-Nino hodisasiga bog‘liq ekanini aytmoqda. Natijada Amazonka shimolida yog‘ingarchilik o‘rtacha tarixiy ko‘rsatkichdan pastlagan va daryolar sathi rekord darajaga tushib ketgan. Suv sathining pasayishi Amazonka atrofida yashaydigan qariyb 30 million kishining hayotiga xavf solyapti.
20 ta shaharda favqulodda holat e’lon qilingan. Ko‘plab daryolar qurib, o‘n minglab odamlar uzoq o‘rmon qishloqlarida yordamsiz qolmoqda.
Tirikchilik va transport uchun daryolarga butunlay bog‘lanib qolgan qishloqlar oziq-ovqat, dori-darmon va suvni havo transporti orqali olishga majbur bo‘lyapti. Ayrimlar suv uchun quduq qazyapti.
Transport, gaz va ta’minot zaxiralari ortilgan kemalar Rio Negro daryosida suv sathi tushib ketgani uchun o‘rnidan qo‘zg‘alolmay, quruqlikda qolib ketgan.
Jazirama va qurg‘oqchilik daryoda ko‘plab baliq va delfinlarning katta miqdorda o‘lishiga sabab bo‘lgani taxmin qilinyapti.
Yerlik aholi suv, oziq-ovqat, dori-darmon va uni tashish uchun transportga ehtiyoj sezyapti. Buning uchun hukumat iqlim favqulodda holati e’lon qilishini kutyapti.
O‘tgan oy hukumat izolyatsiya qilingan qishloqlarga oziq-ovqat yetkazib berish uchun ishchi guruhini jo‘natgan, biroq vaziyat tobora yomonlashayotgani uchun ularga ko‘proq yordam kerak.
Ma’lumot uchun, Tinch okeanining markaziy va sharqiy qismida suv yuzasining issiq yoki o‘rtachadan baland haroratda bo‘lishi El-Nino hodisasi deb nomlanadi. Bu hududda sovuq havo oqimlari to‘planishi esa La-Nino deyiladi. Iqlimshunoslar bu ikki jarayonni dunyo iqlimining «motori» deyishadi. Ya’ni ularga qarab fasllardagi haroratni taxmin qilish mumkin. Iyun oyidagi taxminlarga ko‘ra, 2023-2024 yil qishlari davomida El Nino hodisasi Shimoliy yarimsharda saqlanib turadi va asta-sekin kuchayib borishi mumkin. Prognozlar bu hodisa dunyoda issiqlik rekordini yangilashi, Janubiy Amerikada yog‘ingarchilikning ko‘payishi, Afrikada qurg‘oqchilikning kuchayishi va dunyo iqtisodiyotiga zarar yetishiga sabab bo‘lishini ko‘rsatmoqda.
Mavzuga oid
19:47 / 22.11.2024
Braziliya sobiq prezidenti Jair Bolsonaru davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanmoqda
23:05 / 06.11.2024
Braziliyalik politsiyachi Interpol rahbarligiga saylandi
11:59 / 05.11.2024
O‘zbekistonlik olimlar Farg‘ona vodiysidan yangi baliq turini topdi
17:08 / 02.11.2024