Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urganchdagi O‘zbekiston bayrog‘i dunyoda balandligi bo‘yicha 15-o‘rinni egalladi
“Yuksalish” umummilliy harakati 18 noyabr – “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan ochiq ma'lumotlardan foydalanib, dunyodagi eng baland flagshtoklar reytingini e'lon qildi.
Foto : KUN.UZ
Reytingga ko‘ra, Urganchda o‘rnatilgan O‘zbekiston bayrog‘i 15-o‘rinni egallagan. Uning flagshtogi balandligi 66 metrni tashkil qiladi.
Reytingda Saudiya Arabistonining Jidda shahrida o‘rnatilgan bayroq yetakchilik qilmoqda. U 170 metr balandlikda hilpirab turadi. Yetakchi uchlikdan Dushanbedagi (165 metr) va Bokudagi (162 metr) bayroqlar o‘rin olgan.

Urganchdagi bayroq Toshkentdagi (65 metr), Sirdaryo viloyatidagi (65 metr), Buxoro viloyatidagi (60 metr) va Qoraqalpog‘istondagi (55 metr) bayroqlardan balandroq joylashgan.
Urganch markaziy bog‘ida 2018 yil noyabrda o‘rnatilgan bayroqning o‘lchami 10 metrga 20 metrni tashkil qiladi.
Ta'kidlash joiz, Ginness rekordlar kitobiga ko‘ra, eng katta o‘lchamga ega milliy bayroq BAAning Sharja shahrida o‘rnatilgan. Uning o‘lchami 70 metrga 35 metrni tashkil qiladi. Bayroq 123 metrlik flagshtokda o‘rnatilgan. Jiddadagi bayroq esa 2-o‘rinni egallab, uning uzunligi 50 metrni, eni 33 metrni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
17:47 / 24.02.2026
Urganch–Xiva pulli avtomobil yo‘li qurilishi boshlandi
08:25 / 07.02.2026
Centrum Air'ning Urganch-Toshkent reysiga 12 yo‘lovchi “sig‘may” qoldi
18:57 / 25.01.2026
Urganch–Xiva yo‘nalishida pulli avtomobil yo‘li quriladi
23:12 / 14.01.2026