Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugundan barcha metan zapravkalar ochiladi
Mamlakatdagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari fevral oyi o‘rtalarida yopilgandi.
Foto: Kun.uz
Tabiiy gaz bosimi me’yoriy sxemaga qaytgani munosabati bilan bugundan e’tiboran mamlakatdagi barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari ochiladi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mamlakatdagi metan zapravkalar 17 fevral kuni kuchli shamol va qor bo‘ronlari tufayli Buxoro viloyatidagi «L-Gazli-1» va «L-Gazli-2» yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida nosozlik yuzaga kelishi ortidan yopilgandi. O‘shanda «Gazli» kompressor stansiyasidagi 8 ta hamda «Gazli» gazni qayta ishlash zavodiga qarashli «Uchqir» kompressor stansiyasidagi 2 ta gaz haydash agregati favqulodda to‘xtagandi.
Gaz bosimi kamaygani tufayli birinchi navbatda, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida metan zapravkalar faoliyatiga cheklov kiritilgandi.
Avariyaviy holat bartaraf qilingach, gaz agregatlari to‘liq kuch bilan ishlay boshlashi va metan zapravkalar ham belgilangan reja-grafik asosida (har kuni soat 8:00 dan 15:00 gacha vaqt oralig‘ida) bosqichma-bosqich ishga tushirilishi ma’lum qilingandi.
22 fevral kuni vazirlik metan zapravkalar faoliyatiga kiritilgan cheklovlar mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda, avvaldan belgilangan reja-grafik asosida bosqichma-bosqich olib tashlanishi boshlanganini xabar qildi. Biroq bunday cheklovlar 6 martga qadar saqlanib qoldi.
Mavzuga oid
12:01 / 12.12.2025
Gaz yo‘q hududlardagi iste’molchilar uchun elektrga 50 foiz chegirma berilishi mumkin
16:39 / 11.12.2025
«Metan zapravka»lar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilmoqda
18:45 / 30.11.2025
“Vaziyat nazorat ostida” - Energetika vazirligi Boysundagi kondan gaz sizib chiqqani haqidagi xabarga izoh berdi
13:28 / 08.11.2025