Gazlaştirilmagan hududlardagi hovlilar uçun imtiyozli tariflarni joriy etiş böyiça takliflar işlab çiqildi, deya xabar berdi Energetika vazirligi matbuot xizmati.
«Takliflar loyihasiga köra, ovqat tayyorlaş uçun elektr plitalari bilan jihozlangan, isitiş tizimi töliq elektrlaştirilgan, markazlaşgan isitiş tizimi va tabiiy gaz tarmoqlariga ulanmagan köp qavatli uylar, yotoqxonalar hamda gazlaştirilmagan hududlarda yaşovçi maişiy iste’molçilarga (subsidiyalanadigan narxlardagi suyultirilgan gaz, kömir yoki tabiiy gazdan foydalanmagan taqdirda) oylik iste’mol hajmiga qarab:
- isitiş mavsumida — 2000 kVt·soatgaça;
- isitiş mavsumidan taşqari — 1000 kVt·soatgaça;
Elektr energiyasi iste’moli uçun amaldagi tariflarga nisbatan 50 foizgaça çegirma qöllaş nazarda tutilmoqda. Takliflar idoralararo tartibda kelişilgan», deyiladi vazirlik bayonotida.
Hozirda mavjud elektr tarmoqlarining ortiqça yuklamani qabul qiliş imkoniyati böyiça texnik audit davom etayotgani, şuningdek, Energetika vazirligi, IMV, Özenergoinspeksiya, HET AJ va HGT AJ tomonidan qöşimça örganişlar olib borilayotgani qöşimça qilingan.

















