Soxta arizalar bilan fermerlarning yerlarini olib qo‘yish holatlariga chek qo‘yiladi
Endi fermerlarning yerdan voz kechishi DXM orqali bo‘ladi. Bu haqda Adliya vaziri Ruslan Davletov prezidentning «Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta'minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni yuzasidan matbuot anjumanida ma'lum qildi.
Adliya vaziri Ruslan Davletov MChJlar yer uchastkalarini hech qanday tanlovsiz, hokimlikdan to‘g‘ridan to‘g‘ri olib kelganini ta'kidlab, endilikda bunday bo‘lmasligini bildirdi.
«Qandaydir tijorat tashkiloti kelyapti-da, «men fermer emasman, mas'uliyati cheklangan jamiyatman, menga yer ajratib bering», deb hokimlikka murojaat qiladi. Katta-katta qishloq xo‘jaligi yerlarini mana shu mas'uliyati cheklangan jamiyatlar olib foydalanayotgan holatlar bor. Bunga ham chek qo‘yadigan vaqt keldi. Mana shu farmonda ham bu narsa ko‘zda tutilgan, ya'ni ular ham ochiq tanlov asosida, har bir arizachining arizasi DXM orqali qayd qilinadi. Nimaga? Kim ariza beryapti, kim ishtirok etyapti, shuni bilish uchun», dedi Ruslan Davletov.
Shuningdek, u fermerlar nomidan soxta ariza topshirilib, ularning yerlari olib qo‘yilayotganiga ham farmon bilan chek qo‘yilishini ma'lum qildi.
«Juda ko‘p hollarda ko‘ryapmiz, «fermerlar o‘z xohishiga ko‘ra yerni topshiryapti», deya hujjat qalbakilashtirilgan holatlar bor. Bu ham davlat xizmatlari orqali bo‘ladi. Rostdan shu odam yerni ariza bilan topshiryaptimi, rostdan xohishi bormi, demak, DXMga kelsin, bizda hamma kameralar bor, rostdan shu yer egasining shaxsi aniqlanib, uning yerdan voz kechishi ham DXM orqali bo‘ladi. Negaki, ushbu jarayonda qonuniylik ta'minlansin», deydi adliya vaziri.
Eslatib o‘tamiz, Kun.uz saytida Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi 4ta fermer xo‘jaligi yerlari soxta hujjatlar asosida hokimlik tomonidan zaxiraga qaytarilgani, sud hokimlik qarorlarini bekor qilgan bo‘lsa-da, fermerlarning yerlari qaytarib berilmayotgani holati yoritilgandi.
Tavsiya etamiz
Xaosga chek qo‘ymoqchi edi, aksi bo‘lib chiqdi: Bayden o‘z siyosiy merosini qanday barbod qildi?
Jahon | 20:16 / 23.01.2025
“Chorsu”da 4 ming, “Farhod”da 10 ming – kartoshka narxlari qanday tebranyapti?
Iqtisodiyot | 11:21 / 23.01.2025
"Husanov tezroq ingliz tilini o‘rganishiga umid qilaman. Uning jismoniy ko‘rsatkichlari ajoyib" – Gvardiola Abduqodir Husanov haqida
Sport | 23:12 / 22.01.2025
Katanets ketdi. U O‘zbekistonni JChga yaqinlashtirgandi
Sport | 21:24 / 22.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish bo‘yicha biotexnik tadbirlar o‘tkazish tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 17:58
-
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston | 17:49
-
Bozorga solingan Grenlandiya: yo Daniya, yoki AQSh, yo mustaqillik referendumi
Jahon | 17:40
Mavzuga oid
23:32 / 03.01.2025
Polshada fermerlar norozilik namoyishlarini boshladi
19:18 / 04.12.2024
Prezident maslahatchilari tarkibida o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ruslanbek Davletovning lavozimi o‘zgardi
19:14 / 23.11.2024
Polshalik fermerlar Ukraina bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktini to‘sib qo‘ydi
23:36 / 20.11.2024