Davlat rahbariga köra, paxtaçilikda mexanizatsiyalaş darajasini 85 foizga yetkaziş maqsadida kelasi yil yana 800 ta terim maşinasi, 450 ta köp funksiyali seyalka va 3 ming dona plyonka yiğadigan maşina olib kelinadi. Qişloq xöjaligi jamğarmasi hisobidan fermerlarga paxta yetiştiriş uçun har bir gektarga ajratiladigan mablağ 1,4 barobar oşirilib, 17,5 million sömga yetkaziladi.

Umuman, 2026 yilda paxtaçilikdagi işlar va dehqon-fermerlarni qöllab-quvvatlaş dasturlarini moliyalaştiriş uçun 35 trillion söm ajratilişi belgilandi.

Ğallaçilikda ham şör, suvsizlik va issiqqa çidamli yangi navlarni yaratiş va joriy etiş işlari kuçaytirilişi ta’kidlandi. Yaqinda Meksikadagi Jahon makkajöxori va ğallaçilik tadqiqotlar markazidan 100 dan ziyod yuqori hosildor navlar olib kelingani, Qoraqalpoğiston, Andijon, Qaşqadaryo va Jizzaxdagi ğallaçilik institutlarini modernizatsiya qiliş uçun Jahon banki mablağidan 10 million dollar yönaltirilgani qayd etildi.

Şuningdek, öz mablaği hisobidan ğalla yetiştirgan fermerlarga ham paxtadagi kabi hosilining 10 foizi miqdorida subsidiya ajratiş tizimi joriy etilişi prezident nutqida alohida ta’kidlandi.