Suvni eng köp isrof qiluvçi soha – qişloq xöjaligimiz, eski suğoriş tizimlari. “Suv pulli bölsa, tejaladi” degan yondaşuv bir tarafdan töğri, biroq soliq joriy qilişning özi kam – fermer mustaqil tadbirkorga aylanmagunça, soha heç bir resursni tejaşga qodir bölmaydi. Kun.uz studiyasida suv soliği va suv ta’minoti bilan boğliq muammolar muhokama qilindi.
Subsidiyani “yeb qöygan” soliq
“Sörovnomalarimizda 40 foizdan ortiq fermer har gektar yer uçun 1 million sömdan köproq suv soliği tölayotganini bildirdi. Vaholanki, ötgan yili bu körsatkiç aslida 300 ming sömdan 500 ming sömgaça bölgan edi”, — deydi Agrobiznes assotsiatsiyasi rahbari Kamoliddin Ikromov – Qarşidagi bir fermer misolida bu muammo yaqqol körinadi. U 13 gektar yerga tomçilatib suğoriş tizimini örnatganiga qaramay, unga gektariga 22 million söm suv soliği hisoblangan. Bu miqdor u topşirgan paxta uçun olgan subsidiyani töliq “yeb yuborgan”. “Bir gektar paxta pişib yetilgunça örtaça 6300 kubometr suv sarflanadi. Şuni 100 sömdan hisoblasak, bir gektar uçun 630 ming söm soliq çiqişi kerak. Köplab fermerlarga gektariga 1 million – 1 million 200 ming sömdan soliq hisoblangan”, — deydi Ikromov.
Suv yetmaydi, ammo “plan” bor
“Eng jiddiy muammolardan biri — qişloq xöjaligi ekinlarini joylaştirişda hududning suv bilan ta’minlanganlik darajasi töliq hisobga olinmasligidir. Qonunçilikka köra, irrigatsiya bölimlari har bir yer konturining suv ta’minoti darajasini örganib, şundan kelib çiqib ekin joylaştiriş böyiça xulosa berişi şart. Ammo amalda suv ta’minoti yetarli bölmagan hududlarga ham suvni köp talab qiladigan paxta va ğalla ekiş majburiyati yuklanmoqda”, – deydi Qöçqorali Abduvahob öğli f/x rahbari Qöçqorali Usmonov. “Kerakli suvning 50 foizidan kami bilan qanday qilib paxta yoki ğalla yetiştiriş mumkin?” — deya haqli savol qöyadi u.
Soha vakillarining fikriça, Suv xöjaligi vazirligi suv tanqis hududlarga ekin ekilişidan oldinroq aralaşib, muammoning oldini olişi kerak.
“Nega Suv xöjaligi vazirligi oldindan çiqib: 'Töxtanglar, biz bu yerga suv yetkazib bera olmaymiz. Kelinglar, boşqa turdagi ekinga ötkazaylik', deb taklif kiritmaydi?” — deya ta’kidladi Umonov. “Bunday siyosat fermerlarni, işçilarni, umuman, butun aholini mavjud tartiblarga qarşi qilib qöyişi mumkin, çunki resurs bölmagan joyda hosil undirişning iloji yöq” – deydi u.
Suv ta’minotidagi uzilişlar va byurokratik tösiqlar








