Prezident Şavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, qişloq xöjaligi sohasini qöllab-quvvatlaşga ajratilayotgan mablağlar yildan yilga köpayib bormoqda va kelgusida ham sohani moliyaviy jihatdan quvvatlaş davom ettiriladi. Şu bilan birga, bu mablağlarning öz vaqtida egasiga yetib borişi, hosildorlikni oşirişga xizmat qilişi uçun oçiq va şaffof tizim zarurligi qayd etildi.
Avval subsidiyalar 6 ta vazirlik tomonidan ajratib kelinar edi. Yangi agentlik taşkil etilişi natijasida barça turdagi subsidiyalar böyiça moliyaviy xizmatlar “bir darça” tamoyili asosida körsatiladi. Unga köra, kelasi yil dehqon va fermerlarga 2 trillion 200 milliard sömlik subsidiya ajratilişi rejalaştirilgan.
Eng muhimi, subsidiya ajratiş jarayoni hozirgi 4 bosqiçdan 2 bosqiçgaça qisqartiriladi, ularni oliş muddati esa 1 oydan 15 kungaça tuşiriladi. Yana bir muhim jihat şundaki, har bir subsidiya fermerlar uçun ma’qul böladigan şartlarda, mablağ eng zarur paytda yetkazib beriladigan tartibga ötiladi.
Keyingi yildan boşlab suv nasoslariga sarflangan elektr energiyasi uçun subsidiyalar meva-sabzavot, moyli ekin, kartoşka va ozuqa ekinlari yetiştiruvçi fermerlarga ham tatbiq etilişi ma’lum qilindi. Bu esa oziq-ovqat xavfsizligi va qişloq xöjaligi mahsulotlari hajmini köpaytirişga qaratilgan muhim qadam sifatida baholanmoqda.













