Fan-texnika | 00:56 / 04.05.2017
293928
2 daqiqa o‘qiladi

Jarimalarni aniqlash imkonini beradigan sayt ishga tushdi

O‘zbekiston IIV yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi, nihoyat, dyhxx.uz saytini ishga tushirdi. Unda qisqacha ro‘yxatga olish jarayonidan o‘tib, Toshkent shahri yo‘llari va chorrahalarida o‘rnatilgan kuzatuv kameralari tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun o‘zingizga nisbatan jarima qo‘llangan-qo‘llanilmaganini bilib olish mumkin

Taassufki, xizmat hozircha faqat UMS uyali aloqa kompaniyasining abonentlari uchungina xizmat ko‘rsatadi.

Skrinshot: Davlat yo‘l harakat xavfsizligi xizmati

«Siz ro‘yxatdan o‘tganingizdan keyin 8860 raqamiga avtomobil davlat raqami bo‘shliq texpasport seriyasi va raqamini SMS orqali (masalan: 01A123AA AAC1234567 ko‘rinishida) jo‘natib, sizga nisbatan jarima yozilgan-yozilmaganini aniqlashtirib olishingiz mumkin. Bitta kiruvchi SMS — bahosi 5 sent. Hozircha xizmatdan faqat UMS abonentlari foydalana olishadi», — deb javob berishgan podrobno.uz’ga xizmatni ishlab chiqqanlar.

Bu holatda boshqa haydovchilarning holatini e'tiborga olmasdan, O‘zbekistonning boshqa ikki yirik aloqa operatori abonentlari foydalana olmaydigan saytni ishlab chiqishdan ma'ni nima ekanligi tushunarsiz bo‘lib qolmoqda.

Shunisi qiziqki, tizimni ishlab chiqqan kompaniya anchadan buyon huquq-tartibot organlariga xizmat qiladi. Uning xodimlari tomonidan IIV va uning bo‘linmalari uchun bir qator avtomatlashtirilgan axborot tizimlari ishga tushirib berilgan. Xususan, IIV YXH xizmatlari uchun «Texpasport», «Adm-praktika», «YHQ-test» va «Haydovchilik guvohnomasi» («Prava») tizimlari ishlab chiqilgan va foydalanishga topshirilgan.

Kompaniya xodimlari tomonidan Fransiyaning Oberthur Technologies va Thales firmalari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimi loyihasi ishlab chiqilgan va foydalanishga topshirilgan.

Mavzuga oid