Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
15ta maktab-internat negizida olimpiya zaxiralari kollejlari tashkil etiladi (ro‘yxat)
Olimpiya zaxiralari kollejlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilinadi.
Muhokama uchun e'lon qilingan hujjat loyihasiga ko‘ra, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari negizida olimpiya zaxiralari kollejlari tashkil etiladi va 2020/2021 o‘quv yilidan faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Belgilab qo‘yilishicha:
olimpiya zaxiralari kollejining asosiy faoliyati jismoniy tarbiya va sport sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar hamda sportning olimpiya turlari bo‘yicha terma jamoalarni shakllantirish uchun sport zaxirasini tayyorlashga yo‘naltiriladi;
olimpiya zaxiralari kollejlari O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;
olimpiya zaxiralari kollejlarining sport turlari bo‘yicha kontingenti O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiya tomonidan tasdiqlanadi;
olimpiya zaxiralari kollejlarida ta'lim jarayoni ikki bosqichda: umumiy o‘rta ta'limning tayanch ta'limi (VI-IX sinflar) hamda boshlang‘ich professional ta'lim (I-II kurslar) bosqichlarida amalga oshiriladi;
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab olimpiya zaxiralari kollejlarida futbol bo‘limlari tashkil etiladi va ularda futbol bo‘yicha mutaxassislar (sportchilardan tashqari) tayyorlanadi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi 2020/2021 o‘quv yiliga qadar umumiy o‘rta ta'limning tayanch ta'limi hamda boshlang‘ich professional ta'lim jarayonining uzviyligini va sport mahoratini uzluksiz o‘stirishni ta'minlash, shuningdek olimpiya zaxiralari kollejlari o‘quvchilarini tayyorlash yo‘nalishlarini birxillashtirishni hisobga olgan holda davlat ta'lim standartini ishlab chiqadilar va belgilangan tartibda tasdiqlaydilar.
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari
maktab-internatlari negizida tashkil etilayotgan
olimpiya zaxiralari kollejlari
RO‘YXATI

Mavzuga oid
14:51 / 19.06.2024
Kam quvvatda ishlayotgan pedagogika kollejlari negizida bog‘cha va maktablar tashkil etiladi
13:41 / 05.06.2024
Abituriyentlar uchun qabul boshlandi – bu safar faqat OTMga emas, kollej, texnikumlarga ham
14:14 / 07.04.2024
O‘zbekistonda joriy o‘quv yilida kollejlar soni keskin kamaydi
14:48 / 08.11.2023