2023/2024 öquv yilida my.uzbmb.uz platformasi orqali kollej va texnikumlarga (yuridik texnikumlar bundan mustasno)ga hujjat topşirgan abituriyentlar qabul parametri doirasida böş örinlarga qabul qilinadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruği e’lon qilindi.

Unga köra, avvalo, abituriyentlar test natijalari böyiça ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etilgan holda qabul qilinadi.

Şuningdek, qabul yakunlari böyiça şakllanmagan (öquvçilar soni 12 nafardan kam bölgan) guruhlarga davlat granti asosida öqişga qabul qilingan öquvçilar arizasiga köra, ta’lim şakli özgarmagan holda davlat granti asosida boşqa kasb (mutaxassislik)ga özgartirişi mumkin.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlariga test sinovlarida iştirok etib, öqişga tavsiya etilmagan abituriyentlar faqat şu texnikumdagi mos mutaxassislik böyiça vakant örinlarga tölov-kontrakt asosida qabul qilinadi. Bu texnikumlarning vakant örinlariga mos mutaxassislik böyiça öqişga da’vogar abituriyent bölmagan taqdirda, mazkur muassasaning boşqa mutaxassisliklari böyiça öqişga tavsiya etilmagan abituriyentlar qabul qilinişiga ruxsat beriladi.

Şu bilan birga, tibbiyot yönalişidagi mutaxassisliklarga tavsiya etilmagan abituriyentlar boşqa kollej va texnikumlardagi vakant örinlarga öqiş uçun ham murojaat etişi mumkin.

Ma’lum qilinişiça, vakant örinlariga öqiş istagida bölganlar 2023 yilning 13 noyabr kunigaça professional ta’lim muassasasi ma’muriyatiga murojaat qilişlari kerak.