Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Roskomnadzor 3 millionta IP-adresdan bloklashni oldi
Foto: Foto: TASS/ Artem Korotayev
Rossiyada taqiqlangan IP-adreslar ro‘yxatidan Amazon va OVH SAS tarmoqostidan 3 mln IP-adres chiqarildi. Shu tariqa bloklab qo‘yilgan IP-adreslarning umumiy soni 18 mln.dan 15 mln.gacha kamaygan.
Roskomnadzor xorijiy xosting-provayderlarning uchta tarmoqostini bloklashdan chiqarganini tasdiqlagan. Roskomnadzor shu tariqa to‘g‘ri ishlovchi internet-resurslarga kirishni cheklashdan qochmoqchi.
“Telegram’ning bu tarmoqostilar tarkibida bo‘lgan IP-adreslari to‘liq o‘rnatildi va bloklanmoqda. Shu sababli tarmoqostilar bloklashdan chiqarilishi messenjerga putur yetkazish darajasiga ta'sir qilmaydi”, deyilgan Roskomnadzorda.
Roskomnadzor xuddi shu usulni qolgan tarmoqostilarga qo‘llamoqchi.
Roskomnadzor 16 apreldan Rossiyada Telegram’ni bloklamoqda. Messenjer bloklashni chetlab o‘tish uchun muntazam “manzili”ni o‘zgartirmoqda: buning uchun Amazon Web Services, Google Cloud, Microsoft Azure va boshqa bulutli xizmatlar IP-adreslarini qo‘llamoqda. Shundan keyin Roskomnadzor bu provayderlarning IP-adreslarini ommaviy bloklashni boshlagan.
Roskomnadzorda aytilishicha, bloklashlar xorijiy provayderlar Telegram’ga bo‘sh IP-adreslarni taqdim qilishni to‘xtatmaguncha davom etadi. Amazon va Google hozircha Roskomnadzor bilan hamkorlik qilishni lozim topmayapti.
Mavzuga oid
14:21 / 13.01.2026
Roskomnadzor Rossiyada Roblox’ni blokdan chiqarishdan bosh tortdi
13:51 / 07.01.2026
FT: Rossiyada Telegram’ning 500 mln dollarlik obligatsiyalari muzlatib qo‘yilgan
13:34 / 02.01.2026
Telegram orqali giyohvandlik savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
08:58 / 30.12.2025