Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telegram orqali giyohvandlik savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari davomida internet ijtimoiy tarmog‘i orqali giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanganlikda gumon qilingan fuqarolar qo‘lga olindi.
Ma’lum qilinishicha, fuqarolar S.N. va A.E. “Telegram” tarmog‘ida kanal-bot tashkil etib, ushbu kanal orqali giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelganliklari aniqlangan.
Tadbir davomida ularning yashash xonadonidan 7,9 gramm “marixuana” hamda 22,79 gramm “mefedron” sintetik giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ish materiallari tergovga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.
Mavzuga oid
18:47 / 29.06.2026
VKontakte, FSB va Telegram. Pavel Durovning hayot yo‘li
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
11:40 / 08.06.2026