Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy koronavirus sababli keskin choralar ko‘rayotgan davlatlarga norozilik bildirdi
XXR tashqi ishlar vazirligi vakilining so‘zlariga ko‘ra, bu davlatlarning harakatlari kasallik tarqalishining oldini olishda yordam bermaydi, balki jamiyatda sun'iy ravishda vahima keltirib chiqaradi.
Xua Chunin / Foto: AP Photo / Ng Han Guan, File
Xitoy koronavirus tarqalishi sababli Xitoyga nisbatan o‘ta keskin cheklov choralari joriy etgan mamlakatlarga norozilik bildirdi. Bu haqda XXR tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xua Chunin ma'lum qildi.
U Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JST) Xitoy hukumatining kasallik tarqalishiga qarshi ko‘rayotgan choralarini yuqori baholaganini va Xitoy bilan aloqalarni cheklashni tavsiya etmaganini ta'kidladi. Qator davlatlar keskin choralar ko‘rganidan so‘ng Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (XFAT) ham mamlakatlarni JST tavsiyalariga rioya qilishga chaqirdi.
"Biz JST va XFATning professional tavsiyalarini inkor etgan tegishli davlatlarga norozilik bildiramiz", - dedi Xua Chunin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu davlatlarning harakatlari kasallik tarqalishining oldini olishda yordam bermaydi, balki jamiyatda sun'iy ravishda vahima keltirib chiqaradi.
Avvalroq Xitoy AQShni koronavirus to‘g‘risida ataylabdan vahima tarqatishda ayblagandi.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni 28 mingdan oshgan, 563 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
09:13 / 25.12.2025
Zelenskiy: Rossiya Xitoy sun’iy yo‘ldoshlari ma’lumotidan foydalangan bo‘lishi mumkin
15:21 / 22.12.2025
Xitoy noyabrda Rossiyadan rekord miqdorda oltin sotib oldi
18:22 / 20.12.2025
Xitoydan olib kelingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari chegarada ushlab qolinayotganiga izoh berildi
07:52 / 20.12.2025