O‘zbekiston | 22:40 / 09.01.2018
18283
2 daqiqa o‘qiladi

Markaziy bank to‘g‘risidagi qonun yangi tahrirda ishlab chiqiladi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan tegishli farmon bilan Markaziy bankning faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tasdiqlandi. Bu haqda hukumatdagi axborot manbasi tayanib Kun.uz muxbiri xabar beradi.

Ma'lum qilinishicha, Markaziy bank normativ-huquqiy hujjatlarni zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘siqlarni bartaraf etish va sharoit yaratishni ta'minlashi nazarda tutilmoqda. Unga ko‘ra, chakana xizmatlarga ixtisoslashgan «raqamli» banklar va bank bo‘linmalarini tashkil etish, innovatsion bank texnologiyalaridan faol foydalangan holda masofaviy bank xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirish maqsadida tizimini tanqididy qayta ko‘rib chiqish belgilanmoqda.

Bundan tashqari, 2018 yil 1 sentabr kuniga qadar ilg‘or xorijiy tajriba va umume'tirof etilgan normalar va standartlarni chuqur o‘rganib, ixtisoslashgan xalqaro moliya institutlarining tegishli ekspert xulosalari asosida «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi hamda «Bank va banklar faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlari loyihalari yangi tahrirda ishlab chiqiladi.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid