O‘zbekiston | 10:57 / 28.06.2020
10812
3 daqiqa o‘qiladi
Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari majburiy tartibda sinovdan o‘tkaziladi - Prezident qarori
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini sinash va sertifikatlash tizimini takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori imzolandi.
Qaror bilan 2021 yil 1 yanvardan boshlab yangicha tartib o‘rnatilmoqda. Unga ko‘ra:
- Import qilinadigan hamda mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarida samarali qo‘llash va ularning ishonchlilik (sifat) ko‘rsatkichlarini tekshirish maqsadida barcha turdagi qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari hamda ularning agregatlari va butlovchi qismlari majburiy tartibda sinovdan o‘tkaziladi. Bunda qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari hamda ularning agregatlari va butlovchi qismlari mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar hamda import qiluvchilar tomonidan taqdim etiladi;
- Import qilinadigan hamda mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari, ularning agregatlari, butlovchi qismlari takomillashtirilganda ham ularga qo‘shimcha funksiyalarni bajarish yuklatilganda takroriy sinovlarga taqdim etiladi;
- O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanishga tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarining yagona davlat reyestriga kiritilgan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalaridan respublikada ekinlarni yetishtirishga ruxsat etiladi;
- Import qilinadigan hamda mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarining agregatlari va butlovchi qismlari uchun muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bunda laboratoriya asbob-uskunalari va o‘lchov vositalariga ega bo‘lmagan tashkilotlar tomonidan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalariga sertifikat berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
2021 yil 1 yanvardan boshlab (ungacha ishlab chiqarilgan texnikalar bundan mustasno) yagona davlat reyestriga kiritilmagan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari, ularning agregatlari va butlovchi qismlaridan foydalanganlik uchun javobgarlik joriy etiladi.
Qaror ijrosini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev zimmasiga yuklatilgan.
Mavzuga oid
09:43 / 05.01.2025
Ko‘p qavatli uylar oldi va mahallalarning ichki ko‘chalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiriladi
18:50 / 03.01.2025
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi aholi tomorqasida mahsulot yetishtirishni tashkil qiladi
07:35 / 20.12.2024
Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
14:06 / 12.12.2024