O‘zbekistonda karantin qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilangan - Abdulla Aripov
O‘zbekistonga koronavirus kirib kelishi munosabati bilan karantin qoidalarini mensimaslik yoki uni buzganlik uchun ko‘riladigan choralar qat'iylashtiriladi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Prezident Bosh prokurorga bu borada tegishli topshiriqlar bergan, deb ma'lum qilindi bugun Vazirlar Mahkamasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasidan ma'lum qilishlaricha, karantin va cheklov tadbirlarini buzganlik va kasallik o‘chog‘iga borganlik hamda bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlik haqidagi ma'lumotlarni yashirganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjud.
Jinoyat kodeksining Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish, ya'ni 257-1-moddasida qayd etilgan jinoyatni sodir etganlik uchun BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solish yoki 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini qo‘llash nazarda tutilgan.
Shuningdek, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish, ya'ni 54-moddasida qayd etilgan huquqbuzarlikni sodir etganlik holati bo‘yicha — fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi ko‘rsatilgan.
Koronavirus aniqlangan dastlabki bemor Toshkentga 11 mart kuni Parijdan uchib kelgan bo‘lib, hozirda reysning 20dan ortiq boshqa yo‘lovchilari, bemorning oila a'zolari va u muloqotda bo‘lgan o‘nlab fuqarolar – jami 150 nafarga yaqin kishi izolyatsiyaga olingan.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston 16 martdan boshlab barcha aviaqatnovlarni to‘xtatdi.
Endilikda O‘zbekiston fuqarolarining chet davlatlarga chiqishi, chet davlat fuqarolarining O‘zbekistonga kirishi taqiqlanadi. Chet davlatlarda qolgan o‘zbekistonliklarning qaytishi uchun charter reyslar tashkil etilishi mumkin, xorijdan qaytarilganlarning barchasi karantinga joylashtiriladi.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bundesver 2029 yilgacha Starlink analogini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda
Jahon | 15:03
-
Turkiston Avenue TJMsining 3-blokida sotuvlar boshlandi: orzungizdagi xonadon narxi 100% to‘langanda 230 million so‘mdan boshlanadi
O‘zbekiston | 15:00
-
Toshkentda kasb kasaliga chalinib, mehnat huquqlari buzilgan o‘qituvchiga 337 mln so‘m undirib berildi
Jamiyat | 14:59
-
Surxondaryoda kuzatilgan sel kichik talafot keltirdi
Jahon | 14:22
Mavzuga oid

13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi

21:59 / 27.11.2022
Xitoyda koronavirus cheklovlariga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda

00:22 / 26.11.2022
Pekinda koronavirus avj olgani tufayli yangi cheklovlar kiritilmoqda

22:24 / 07.11.2022