16 mart kunidan e'tiboran Özbekiston jahonning barça mamlakatlari bilan avia va avtomobil qatnovlari töxtatiladi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov maxsus brifing çoğida ma'lum qildi.
Şu bilan birgalikda, temir yöl orqali yölovçi taşişga uç kun davomida ruxsat beriladi. Bu qaror ayni vaqtda Rossiya va boşqa davlatlarda bölib turgan Özbekiston poyezdlarining qaytib kelişi bilan boğliq ekani ta'kidlandi.
Bu masala ham yaqin vaqt içida körib çiqiladi.
Kun.uz muxbiri xabar berişiça, endilikda Özbekiston fuqarolarining çet davlatlarga çiqişi, çet davlat fuqarolarining Özbekistonga kirişi taqiqlanadi. Çet davlatlarda qolgan özbekistonliklarning qaytişi uçun charter reyslar taşkil etilişi mumkin, xorijdan qaytarilganlarning barçasi karantinga joylaştiriladi.
Jamoat transportlari, avtobus va poyezd bekatlari har 4 soatda dezinfeksiya qilinadi.


















