Jahon | 20:43 / 08.08.2018
29353
1 daqiqa o‘qiladi

Biolog akulaga yemish bo‘lishiga sal qoldi

Biolog dengizda akula yemishiga aylanishiga sal qoldi. Bu haqda Fox News xabar berdi.

Ushbu hodisa tasvirlangan rolik Atlantikadagi oq akulalarni muhofaza qilish qo‘mitasining Facebook’dagi guruhida e'lon qilindi. Dengiz jonivorlari bo‘yicha mutaxassis Greg Skomal tadqiqot qayig‘ining ko‘prikchasiga chiqqan paytida kutilmaganda suv ostidan akula yuqoriga sakrab chiqdi va og‘zini keng ochdi.

«Buni ko‘rdingizmi? Ko‘rdingizmi?» — deb qichqirdi Skomal. 

Rolik ostida berilgan izohda qo‘mita bu akulalar o‘ta yovvoyi va oldindan aytib bo‘lmaydigan jonivorlar ekanligini va mahalliy baliqchilar hushyorlikni yo‘qotmasliklari lozimligini bildirgan.

Mavzuga oid