Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaning dengiz mahsulotlari ishlab chiqaruvchi zavodiga ishga olinadi
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Rossiyaning Primorsk o‘lkasidagi qurilish va baliq va dengiz mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida faoliyat yurituvchi kompaniya Edelweiss MChJ bosh direktori Lyudmila Bezzubkina muzokara o‘tkazdi.
Lyudmila Bezzubkina kompaniya tomonidan bugungi kunga qadar qurilib foydalanishga topshirilgan 10 dan ortiq turar-joy va biznes markazlari hamda hozirgi kunda qurilish ishlari olib borilayotgan turar joy komplekslari to‘g‘risida ma’lumot berdi. Shuningdek, kompaniyaning Kamchatka o‘lkasidagi baliq va dengiz mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yirik zavodi faoliyati tanishtirildi.
"Bugungi kunda bir nechta xorijiy davlatlarga baliq va dengiz mahsulotlarini eksport qilib kelyapmiz. Kompaniya O‘zbekistonga baliq va dengiz mahsulotlarini eksport qilgan holda mamlakatingizdan maishiy texnika, tekstil, gilam, meva-sabzavot, quritilgan mevalar va boshqa mahsulotlarni Primorsk o‘lkasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri importini yo‘lga qo‘yishni rejalashtiryapti. Ushbu yo‘nalishda o‘zbek hamkorlar bilan birgalikda ishlash ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘ladi", dedi u.
Muloqot chog‘ida, shuningdek, kompaniyaga tegishli baliq va dengiz mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi zavodga O‘zbekiston fuqarolarini ishga qabul qilish imkoniyatlari xususida fikr almashildi. Rossiya tomoni O‘zbekiston fuqarolarini qonuniy tarzda ish bilan ta’minlashga tayyorligini va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilishga tayyorligini tasdiqladi.
Uchrashuv so‘ngida kompaniya vakillarining mehnat migratsiyasi va iqtisodiy sohalardagi yangi loyihalarni kelishish uchun O‘zbekistonga biznes-missiyasini uyushtirishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
08:30 / 16.06.2026
Alp tog‘laridan dengiz tubigacha: dunyodagi 7 eng uzun temiryo‘l tunneli
22:22 / 30.05.2026
O‘zbekistonliklar kruiz kemalarida ishlashga taklif etilmoqda
07:34 / 02.12.2025
Infografika: dengizga chiqish yo‘li yo‘q davlatlar xaritasida O‘zbekiston
19:29 / 22.09.2025