Kuçli oqim va dovullarga boy bunday dengizlar köpinça ularni kesib ötmoqçi bölgan kemalar uçun qabristonga aylanadi. Dreyk böğozi, Bermud uçburçagi va Janubiy Xitoy dengizi şular jumlasidandir.
Dreyk böğozi

Janubiy Amerika va Antarktida örtasidagi tor suv havzasi dunyodagi eng halokatli joylardan biri hisoblanadi. Ingliz tadqiqotçisi Frensis Dreyk şarafiga nomlangan va 1578 yilda dunyo böylab sayohat paytida kaşf etilgan uşbu böğoz özining böronli havosi va kuçli oqimlari bilan maşhur.
Kengligi taxminan 800, uzunligi 400 kilometr bölgan böğoz Antarktidani Janubiy Amerikadagi Gorn buruni, şuningdek, Atlantika va Tinç okeanlari bilan boğlaydigan eng qisqa ötiş joyi hisoblanadi. Uning maksimal çuqurligi 5840 metr.
Dreyk böğozida kengroq quruqliklar bölmagani sababli, oqimlar bemalol katta hajmdagi suvni haydaşi mumkin. Masalan, sekundiga 100 dan 150 million kub metrgaça suvni siljita oladigan Antarktika sirkumpolyar oqimi har qanday kemalar uçun xavf tuğdiradigan aysberglarni ham böğoz orqali surib yuboradi. Bundan taşqari, böğozda 9 -12 metrgaça balandlikdagi tölqinlarni keltirib çiqaruvçi kuçli şamollar esib turadi.
Uşbu omillarning barçasi nafaqat tarixiy ekspeditsiyalar davrida, balki bugun ham Antarktidadagi sayohatçilar uçun halokatli tösiq yaratmoqda.
Bermud uçburçagi

Jahon hamjamiyati e’tiborini tortgan yana bir suv havzasi — Bermud uçburçagidir. Atlantika okeanidagi Bermud orollaridan Puerto-Rikoga va Floridaning janubiy çekkasigaça çözilgan 1,3 million kvadrat kilometrlik ulkan makon asrlar davomida köplab kemalarni sirli tarzda “yutib yuborgan”. Ulardan birinçisi haqida 1950 yil 17 sentabrda xabar berilgan.
Bu ğalati voqealarga har xil izoh beriladi: uydirmalardan tortib haqiqatgaça. Biroq tadqiqotlarga köra, uşbu noaniq çizilgan uçburçakdagi baxtsiz hodisalar okeanning boşqa qismlaridan köp emas.
Halokatlarga birinçi izoh — kemalarning keskin harakatlanişida. Okeanning uşbu qismidan transport vositalari köp ötgani sababli baxtsiz hodisalar uluşi ham yuqori böladi. Bermud uçburçagining 5 kilometrgaça çözilgan çuqurligi esa yöqolgan kemalarni qidirişni murakkablaştiradi.









