O‘quv markazi, kitob do‘koni va SMM: Ikki yilda uchta biznes ochgan yosh tadbirkor hikoyasi
Biznesdagi foyda-xarajatlar haqidagi “Biznes klass” loyihasi “Biznesnoma” nomi ostida faoliyatini tikladi. Ilk ko‘rsatuvda loyiha muallifi Eldor Abdulvohid Jizzaxda hech qanday tajribasiz, shaxsiy sarmoyasiz yo‘lga qo‘ygan bizneslari haqida batafsil, hech narsani yashirmasdan hikoya qilib berdi.
O‘zbekistondagi mahalliy brendlar tarixi, tadbirkorlarning foyda-xarajati, korxona-zavodlardagi ishlab chiqarish jarayonlarini ichkaridan ko‘rsatib beruvchi “Biznes klass” loyihasi o‘z faoliyatini tikladi.
O‘tgan vaqt mobaynida loyiha nega to‘xtab qolgani, nega yangi ko‘rsatuv chiqmayotgani haqida kuzatuvchilardan ko‘plab savollar bo‘ldi. Gap shundaki, so‘nggi ikki yil davomida ko‘rsatuvlardan, muvaffaqiyatli tadbirkorlar hikoyasidan ilhomlanib, loyiha muallifi Eldor Abdulvohidning o‘zi ham hamkorlikda biznes qilib ko‘rishga qaror qilgandi.
Eldor ona shahri Jizzaxda birin-ketin uchta yo‘nalishda biznesni yo‘lga qo‘ydi: kitob do‘koni, o‘quv markazi va SMM agentligi. Bu bizneslar hozirda ozmi-ko‘pmi daromad bilan ishlashda, barqaror o‘sishda davom etmoqda.
Endilikda muallif, Kun.uz'ning taklifiga asosan, “Biznes klass”ni qayta tiklamoqda. Loyiha “Biznesnoma” nomini oladi.
“Rebrendingdan keyingi ilk sonimizda oxirgi yillarda o‘zim tashkil etgan uchta biznesni yoritib berishga qaror qildim. Bu uchala sohada ham tajribam yo‘q edi, bu bizneslarni investorlarning mablag‘lari bilan, muayyan kelishuvlar asosida yo‘lga qo‘ydim. O‘tgan vaqt davomida qanday xatolarga yo‘l qo‘yganim, mavsumiy savdolarda olingan rekord foydalar, yopilib ketishimizga bir bahya qolgan holatlar, xullas, hammasi haqida birma-bir gapirib beraman”, – deydi Eldor Abdulvohid.
Ko‘rsatuvda yosh tadbirkor o‘zining hozirgacha bosib o‘tgan hayot yo‘li hikoyasi, bolalikdagi kichik bizneslari, Koreyadagi musofirchilik sarguzashtlari haqida ham gapirib o‘tgan.
“Biznesnoma” keyingi sonlaridan boshlab odatdagidek yanada qiziq va aktual tadbirkorlik sohalarini yoritishda davom etadi. Loyihada o‘z biznesini olib chiqmoqchi bo‘lgan ishbilarmon kishilar hamkorlik taklifi bilan @qabulnoma Telegram-manziliga bemalol murojaat qilishlari mumkin.
Loyihani ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: YouTube, Instagram, Telegram
“Biznesnoma” – biz biznesni ichkaridan ko‘rsatamiz!
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Sababi korrupsiya bilan bog‘liq» - sog‘liqni saqlash vaziri yaroqlilik muddati juda qisqa dori-darmonlar sotib olinayotgani haqida
O‘zbekiston | 02:22
-
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
-
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
-
Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda
O‘zbekiston | 23:11 / 18.04.2025
Mavzuga oid

09:03 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi

12:19 / 12.03.2025
Nyu-Jyersidagi kutubxonadan 99 yil avval olingan kitob qaytarildi

10:29 / 06.02.2025
Adliya vazirligi “Ziyo ulash” kitob ulashish aksiyasini kengaytirmoqda

11:29 / 01.02.2025