Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiyadan jo‘natilgan, odamcha shaklidagi giyohvand moddasi fosh etildi
Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Bosh pochtampt” TIF bojxona postida Niderlandiya davlatidan poytaxtda istiqomat qiluvchi fuqaro M.B. nomiga yuborilgan pochta jo‘natmasi bojxonachilar tomonidan nazoratdan o‘tkazilganda pochta jo‘natmasi ichida deklaratsiyalanmagan to‘q sariq rangli odamcha shaklidagi tabletkalar borligi aniqlandi.
Ushbu tabletkalar tegishli tartibda ekspertizadan o‘tkazilganda, ular sof og‘irligi 140,63 gramm bo‘lgan sintetik giyohvandlik moddasi ekanligi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 246-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:22 / 09.05.2026
Fashistlar rejasini barbod qilgan 101 o‘zbek
18:15 / 07.05.2026
O‘zbekiston milliy jamoasi Niderlandiya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
08:07 / 05.05.2026
Niderlandiya poytaxtida go‘sht va avtomobillar reklamasi taqiqlandi
12:01 / 01.05.2026