Özbekiston milliy jamoasi Jahon çempionati öyinlariga tayyorgarlik doirasida Niderlandiya bilan örtoqlik öyini ötkazadi.
Öyin 8 iyun kuni Nyu-Yorkdagi «Icahn Stadium»da bölib ötadi va Toşkent vaqti bilan soat 23:45 da boşlanadi.
Avvalroq, milliy jamoa jahon çempionati mezbonlaridan biri Kanada bilan örtoqlik öyini ötkaziş haqida kelişuvga erişgan edi. Uşbu öyin 1 iyun kuni Kanadaning Edmonton şahrida bölib ötadi.
AQŞ, Kanada va Meksika mezbonligida ötadigan jahon çempionati 11 iyun kuni boşlanib, 19 iyulda yakunlanadi. Turnirda ilk bor 48 jamoa iştirok etadi. Özbekiston milliy jamoasi guruh bosqiçida Portugaliya, Kolumbiya va Kongo DR bilan öynaydi.












