Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiya poytaxtida go‘sht va avtomobillar reklamasi taqiqlandi
1 maydan boshlab jamoat joylarida bunday tovar va xizmatlar, jumladan, burgerlar, avtomobillar va samolyot parvozlarini reklama qilishga ruxsat yo‘q.
Niderlandiya poytaxti Amsterdam shahri go‘sht va qazib olinadigan yoqilg‘idan tayyorlangan mahsulotlar reklamasini taqiqlagan dunyodagi birinchi poytaxtga aylandi, deb yozdi BBC News.
1 maydan boshlab jamoat joylarida bunday tovar va xizmatlar, jumladan, burgerlar, avtomobillar va samolyot parvozlarini reklama qilish taqiqlanadi. Endi reklama taxtalarida, jamoat transportida va bekatlarda muzeylar va konsertlar reklama qilinadi.
Ta’kidlanishicha, taqiq faqat mahalliy hokimiyatga tegishli reklama maydonchalariga taalluqli. U, masalan, bosma va raqamli ommaviy axborot vositalari, shuningdek, xususiy do‘konlarga taalluqli emas.
Shunday qilib, shahar ma’muriyati 2050 yilgacha issiqxona gazlari chiqindilarini minimallashtirish va aholi tomonidan go‘sht iste’molini ikki baravarga kamaytirish bo‘yicha milliy maqsadlarga erishishga yordam bermoqchi.
Shu bilan birga, BBC News ta’kidlashicha, uglevodorod xomashyosi bilan bog‘liq tovar va xizmatlar reklamasining ulushi taqiqdan oldin shahardagi barcha reklamalarning 4 foiziga, go‘shtniki esa 0,1 foiziga yetgan.
Niderlandiyada jamoat joylarida go‘sht va qazib olinadigan yoqilg‘i mahsulotlarini reklama qilishni cheklagan birinchi shahar Haarlem bo‘ldi. Taqiq 2024 yilda kuchga kirgan. Keyinchalik shunga o‘xshash taqiqlar mamlakatning boshqa shaharlarida ham paydo bo‘ldi.
Edinburg (Shotlandiya), Stokholm (Shvetsiya) va Florensiyada (Italiya) ham go‘sht, qazib olinadigan yoqilg‘i bilan bog‘liq mahsulotlar va xizmatlarni reklama qilishga u yoki bu cheklovlar allaqachon mavjud yoki rejalashtirilmoqda, deb yozdi BBC News.
Mavzuga oid
19:22 / 14.06.2026
Ishlab chiqarilganiga 30 yildan oshgan avtomobillar egalari ekologik kompensatsiya to‘lashi mumkin
10:03 / 12.06.2026
Ilon Mask 55 milliard dollarlik Terafab loyihasini ilgari surmoqda
22:32 / 09.06.2026
Niderlandiya bilan o‘yin ishonch berdi: O‘zbekiston JChga tayyor ekan!
19:11 / 08.06.2026