Jamiyat | 07:40 / 11.05.2018
6994
1 daqiqa o‘qiladi

Niderlandiyadan jo‘natilgan, odamcha shaklidagi giyohvand moddasi fosh etildi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Bosh pochtampt” TIF bojxona postida Niderlandiya davlatidan poytaxtda istiqomat qiluvchi fuqaro M.B. nomiga yuborilgan pochta jo‘natmasi bojxonachilar tomonidan nazoratdan o‘tkazilganda pochta jo‘natmasi ichida deklaratsiyalanmagan to‘q sariq rangli odamcha shaklidagi tabletkalar borligi aniqlandi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Ushbu tabletkalar tegishli tartibda ekspertizadan o‘tkazilganda, ular sof og‘irligi 140,63 gramm bo‘lgan sintetik giyohvandlik moddasi ekanligi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 246-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid