Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik bokschilar Rossiyadagi jahon kubogida 9ta medalni qo‘lga kiritdi
Foto: boxing-fba.ru
O‘zbekistonlik bokschilar Rossiyada o‘tkazilgan jahon kubogida 2 oltin, 1 kumush va 2 bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
O‘ndan ziyod davlatdan 130 dan ortiq sportchi ishtirok etgan musobaqaning vazni 64 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi bellashuvlarida Iqboljon Xoldarov shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Iqtidorli sportchimiz belaruslik Vazgen Safaryants, rossiyalik bokschilar Bekmurza Ilyosov, Avak Uzlyan va Aleksey Mazur ustidan g‘alaba qozondi.
Vazni 75 kilogrammgacha bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari o‘rtasidagi bahslarda ishtirok etgan Isroil Madrimov moldovalik Viktor Korobkevskiy, belaruslik Vitaliy Bondarenko va finalda mezbon bokschi Aleksandr Agafonovni mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
O‘z vazn toifasida Mironshoh Ibrohimov ikkinchi, Mirazizbek Mirzaxalilov va Ulug‘bek Mubinov uchinchi o‘rinni egalladi.
Yosh bokschilarimiz esa 1999-2000 va 2001-2002 yillarda tug‘ilgan sportchilar o‘rtasida Rossiyada o‘tgan xalqaro turnirda 7 oltin, 1 kumush va 1 bronza medal bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston boks federatsiyasidan ma'lum qilinishicha, Rossiya, O‘zbekiston, Irlandiya, Belarus, Litva va Latviya kabi davlatlardan yetmishdan ziyod bokschi ishtirok etgan turnirda Raimjon Azimov, Temurbek Dehqonov, Asomxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Xayrullo Alimatov, Javohir Tog‘aymurodov, Javlonbek va Jahongir Yo‘ldoshevlar o‘z vazn toifasida birinchi o‘rinni egalladi.
Navo Tamazov kumush, Asadbek O‘rinboyev bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Mavzuga oid
15:55 / 19.02.2026
“O‘zatom” va Qozog‘iston elchisi yadroviy-ekologik xavfsizlik masalalarini ko‘rib chiqdi
06:00 / 19.02.2026
Prezident ikki tomonlama hujjatlarni imzolashga bag‘ishlangan marosim va qo‘shma loyihalar taqdimotida ishtirok etdi
05:55 / 19.02.2026
O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida investitsiya platformasi tashkil etiladi
05:43 / 19.02.2026